Eron raketa zarbasi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
Ikki nafar bola ham bor
Eron raketa zarbasi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi / Foto: NPR

Times of Israel nashrining xabar berishicha, Tel-Aviv yaqinidagi Bat-Yam shahrida yashash binosiga qilingan Eron raketa zarbasi oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘lgan. Vafot etganlar orasida ikki nafar bola ham bor.

Hujum natijasida 137 kishi jarohat olgan, taxminan 35 kishi bedarak yo‘qolgan. Zarba berilgan bino qulab tushish xavfi ostida, qutqaruvchilar ichkarida qolganlarni qidirmoqda.

Mazkur hujumlar Isroilning 13-iyun kuni «Yuksalayotgan sher» nomli operatsiyasini boshlagach yuzaga keldi. Ushbu operatsiya Eronning yadroviy dasturiga qarshi yo‘naltirilgan edi.

Isroil yetakchilarining ta’kidlashicha, hujum Eronning yadroviy bombaga ega bo‘lishining oldini olishga qaratilgan. Mamlakat uranni qurol darajasidan qisqa, texnik bosqichda boyitmoqda. Eron uzoq vaqtdan buyon o‘z dasturi tinch ekanini ta’kidlab keladi.

Netanyahu bu hujumni Eron yadroviy qurolga ega bo‘lishga harakat qilayotgan «egzistentsial xavf» deb izohlagan. Eron bayonotlarida bu hujumni «urush e’lon qilinishiga teng» deb atadi. Rasmiy Tehron BMTni keskinlikni kamaytirishga chaqirib, o‘zini mudofaa qilishini aytgan.

Natijada Eron 100 dan ortiq dronlar bilan razvedka va raketa hujumini amalga oshirdi. Biroq Isroilning mudofaa tizimi bu hujumlarning aksariyatini muvaffaqiyatli o‘chirdi.

Eron 13-14-iyun kunlari Isroil hududidagi bir nechta harbiy obyektlarga raketa hujumlari uyushtirdi. Isroil hukumati ayrim obyektlar zarba olganini tan oldi, ammo hujumlarning aksariyati to‘xtatilganini bildirdi. 14-15-iyun kunlari tomonlar yana bir-birlariga qarshi zarbalar yo‘llashdi.

Avvalroq Eron Isroil hujumlarida 95 kishi yaralanganini ma’lum qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek