Eron raketasining Tamra shahriga tushishi oqibatida to‘rt ayol halok bo‘ldi

Eron raketasining Tamra shahriga tushishi oqibatida to‘rt ayol halok bo‘ldi. Times of Israel nashrining xabar berishicha, 10 kishi jarohat olgan.
15-iyun, shanba kuni kechasi Eron Isroilga qarata o‘nlab ballistik raketalarni uchirdi. Ulardan biri Hayfa yaqinidagi arab shahri Tamra hududiga tushib, ikki qavatli uyga zarba berdi. Natijada to‘rt nafar ayol halok bo‘lib, taxminan o‘n kishi tan jarohati olgan.
Bu Eronning shu kun ichidagi birinchi raketa hujumi edi. Hujum boshlanishi bilan Isroilning aksar hududlarida aholiga boshpanalarga kirish bo‘yicha ogohlantiruv signallari yuborildi. Ammo xavf, asosan, mamlakat shimoli va Hayfa atrofiga tegishli bo‘lib, aynan shu hududlarda havo mudofaa tizimlari ishga tushirilgan.
Avvalroq Eron raketa zarbasi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgani haqida yozgan edik.