Infinix 82 dollarlik smartfonini taqdim etdi

15-iyun 2025 15:56 eʼlon qilindi

(15-iyun 2025 22:07 yangilandi)
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Infinix 82 dollarlik smartfonini taqdim etdi / Foto: Infinix

Infinix Smart 10 Plus smartfoni taqdim etdildi. U $82 dan sotiladi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Smart 10 Plus kamera modulining juda noodatiy dizayniga ega. Umuman olganda, Infinixning o‘zi allaqachon shunga o‘xshash dizayndan foydalangan. Smartfonning narxi $100 dan kam ekanligini hisobga olsak, sotib olish uchun qulay variant bo‘lishi mumkin.

Yangi budjet smartfonning bazaviy versiyasi $82 ga baholangan. U 4/128 GB xotira, Unisoc T7250 chipi, 6,67 dyuymli HD+ 120 Gts ekran, 5000 mA·soat sig‘imli akkumulyator va 15 Vt quvvatlanish bilan jihozlangan. Shuningdek, 8 MP kamera, 187 g og‘irlik va IP64 darajadagi suvga chidamlilikka ega. 8/128 GB versiyasi esa $94 turadi.

Infinix Smart 10 Plus smartfoni / Foto: Infinix

Ma’lumot o‘rnida, Infinix – 2013-yilda tashkil etilgan xalqaro smartfon brendi bo‘lib, u hozirda asosan yoshlar va texnologiyaga qiziqqan foydalanuvchilar orasida mashhur. Kompaniya markazi Gonkongda joylashgan bo‘lsa-da, ishlab chiqarish bazalari Xitoyda joylashgan. Infinix smartfonlari arzon narx va yaxshi texnik xususiyatlar uyg‘unligi bilan ajralib turadi.

Brend ko‘p hollarda o‘rta va budjet toifasidagi telefonlar segmentiga qaratilgan. Android operatsion tizimida ishlovchi qurilmalari zamonaviy dizayn, katta ekran, kuchli akkumulyator va sun’iy intellektga asoslangan kamera tizimlari bilan ta’minlangan. Infinix bugungi kunda Afrikadan tortib Osiyo va Yevropaning bir qancha mamlakatlarida ham faol savdo qilmoqda. O‘zbekistonda ham bu brend arzon va ishonchli smartfon qidirayotganlar uchun tanlovlardan biri hisoblanadi.

Avvalroq Samsung Galaxy S25 Edge akkumulyatori kutilganidan kuchliroq chiqqani haqida yozgan edik.

Shuningdek