Musulmonlar idorasi: ChatGPT diniy savollarga javob berishga ojizlik qiladi
eʼlon qilindi
Shar’iy masalalarga mutaxassislarga murojaat qilish lozimligi qayd etilgan

O‘zbekiston Musulmonlar idorasi ChatGPT diniy savollarga javob berishga ojizlik qilishini ma’lum qildi. Idoraga ko‘ra, u ham inson omili tomonidan ishlab chiqarilgan.
“Qolaversa, ba’zan savollarga taxminiy javoblar, hatto bu masala falon kitobda bor deb, arabiy iboralar ham berishi mumkin. Lekin u keltirgan iboralar na u aytgan kitobda va na boshqa fiqhiy manbalarda uchramaydi», – deyiladi idora munosabatida.
Shuningdek, shar’iy masalalarga mutaxassislarga murojaat qilish lozimligi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Uzbekistan Airways Jidda reyslari jadvalini qayta ko‘rib chiqishi haqida yozgan edi.