
O‘zbekiston Musulmonlar idorasi ChatGPT diniy savollarga javob berishga ojizlik qilishini ma’lum qildi. Idoraga ko‘ra, u ham inson omili tomonidan ishlab chiqarilgan.
“Qolaversa, ba’zan savollarga taxminiy javoblar, hatto bu masala falon kitobda bor deb, arabiy iboralar ham berishi mumkin. Lekin u keltirgan iboralar na u aytgan kitobda va na boshqa fiqhiy manbalarda uchramaydi», – deyiladi idora munosabatida.
Shuningdek, shar’iy masalalarga mutaxassislarga murojaat qilish lozimligi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Uzbekistan Airways Jidda reyslari jadvalini qayta ko‘rib chiqishi haqida yozgan edi.