O‘zbekistonda avtomobil raqami rekord narxda sotildi

eʼlon qilindi
1,56 milliard so‘mga
O‘zbekistonda avtomobil raqami rekord narxda sotildi / Foto: Ekran tasviri

2025-yil 13-iyun kuni O‘zbekistonda o‘tkazilgan onlayn-auksionda avtomobil davlat raqami rekord narxda sotildi. 10 777 ZZZ raqamli davlat belgisi 1,56 mlrd so‘mga xarid qilindi. Bu hozirgacha mamlakatda eng qimmat sotilgan raqam hisoblanmoqda.

Auksion boshlanishida raqamning boshlang‘ich narxi 187,5 mln so‘m bo‘lgan. Biroq savdoda ishtirokchilar faol qatnashganligi sababli, narx sakkiz baravardan ortiq oshgan. Markaziy bankning hozirgi kursi bo‘yicha bu summa $122 mingdan oshadi.

Bundan tashqari, xaridor 78,2 mln so‘m komissiya va 18,75 mln so‘m miqdorida garov to‘lovini ham amalga oshirgan. Shunday qilib, umumiy xarajat 1,657 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Avvalroq 888 kombinatsiyali avtomobil raqami 722,3 mln so‘mga sotilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek