
Xiaomi 16 Pro Max smartfoni haqida yangi ma’lumotlar oshkor qilindi. U Xiaomi 16 va Xiaomi 16 Pro‘dan keyingi – uchinchi model bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
Boshqa ikki model ixcham bo‘lishi aytilayotgan bo‘lsa, Xiaomi 16 Pro Max katta ekranli bo‘ladi. Hatto u orqa kameralar blokida qo‘shimcha ekran bilan ham jihozlanishi mumkin.
Smartfon Qualcomm’ning yangi Snapdragon 8 Elite 2 (SM8850 raqamli) protsessori asosida ishlaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Modelda aynan ushbu kuchli chipset o‘rnatiladi. Shu bilan birga, Mi 11 Ultra modelida bo‘lgani kabi orqa kamera blokida kichik displey ham bo‘lishi ehtimol qilinmoqda. Kamerada, shuningdek, optik zumni ta’minlaydigan periskop linzali modul ham mavjud bo‘ladi.
Snapdragon 8 Elite 2 chipining taqdimoti 2025-yil sentabr oyida kutilmoqda. Xiaomi 16 flagman liniyasi esa ushbu chipni ilk qabul qilgan smartfonlar qatoridan joy oladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Redmi yangi qurilmalarini taqdim etishi haqida yozgan edi.