15 ta tuman hokimi uch oyda rejaga chiqmasa ishdan bo‘shatiladi
eʼlon qilindi
2,6 mln aholini band qilish reja qilingan

2,6 mln aholini band qilish va 722 ming odamni kambag‘allikdan chiqarish rejasini bajara olmagan hokimlarga uch oy muddat berildi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilingan.
Muborak, Bo‘ston, Vobkent, Marhamat, Farg‘ona, Zangiota, Do‘stlik, Chortoq, Qorao‘zak, Uychi, Xonobod, Yangibozor, Parkent, Arnasoy va Uchko‘prik tumanlari hokimlariga uch oy muddat berildi.
Ushbu tuman hokimlari uch oyda rejaga chiqmasa, barchasi ishdan olinishi qayd etilgan.
Shuningdek, Uchquduq, Angren va Karmanada ishlar sustligi ta’kidlangan.
Avvalroq Xalq qabulxonalari tizimidagi barcha xodimlari ishdan bo‘shatilishi haqida yozgan edi.