15 ta tumanda boshqaruv tizimi tubdan o‘zgaradi

eʼlon qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi boshqaruv modelini Sirdaryo tumani misolida tushuntirib berdi
Foto: Sherzod Asadov

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, 15 ta tuman va shaharda yangi boshqaruv tizimi joriy etiladi. Ushbu model yil yakunigacha Surxondaryo viloyatida to‘liq, qolgan hududlarda esa tanlab olingan tuman va shaharlarda bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

Yangi tizim tatbiq etiladigan hududlar:

Qo‘ng‘irot, Chimboy, Asaka, G‘ijduvon, G‘allaorol, Yakkabog‘, Xatirchi, Chortoq, Bulung‘ur, Sirdaryo, Quva, Shovot, Hazorasp tumanlari, Marg‘ilon va Yangiyo‘l shaharlarida, Toshkent shahrida esa Bektemir tumanida.

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi boshqaruv modelini Sirdaryo tumani misolida tushuntirib berdi. Endilikda tumanlarni kompleks rivojlantirish uchun mas’ul 9 ta asosiy vazirlik va idoraning hududiy bo‘linmalari hokimlik tizimiga birlashtiriladi.

Qaysi vazirliklar bo‘limlari hokimlik tasarrufiga o‘tadi

  • Iqtisodiyot va moliya
  • Investitsiyalar
  • Qishloq xo‘jaligi
  • Bandlik
  • Qurilish
  • Ekologiya
  • Madaniyat
  • Oila va xotin-qizlar
  • Yoshlar siyosati

Endilikda tuman hokimi ushbu bo‘limlardagi shtat birligidan tortib, ishga olish, bo‘shatish, xodim sonini belgilashgacha bo‘lgan barcha vakolatlarga ega bo‘ladi.

Prezident Administratsiyasi, hukumat a’zolari va viloyat hokimlari bu jarayon uchun bevosita javobgar bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 15 ta tuman hokimi uch oyda rejaga chiqmasa ishdan bo‘shatilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek