Axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi maktablar tarmog‘i kengaytiriladi
eʼlon qilindi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tayanch maktab etib belgilandi

O‘zbekistonda axborot texnologiyalari yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i yanada kengayadi.
2025-yil 14-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab ushbu yo‘nalishda tayanch maktab etib belgilandi.
Yangi qaror bilan quyidagi tartiblar belgilandi:
- tayanch maktab va filiallariga rahbarlar ikki bosqichli, pedagoglar esa uch bosqichli tanlov orqali ishga qabul qilinadi;
- o‘quvchilar tanlovi tayanch maktab uchun belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi;
- filiallarda bepul sog‘lom ovqatlantirish xizmati autsorsing asosida tashkil etiladi;
- maktablar zamonaviy jihozlar – HPL panel bilan qoplangan parta va fanerali stullar bilan ta’minlanadi.
Ma’lumot uchun, prezident farmoniga muvofiq, 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internat negizida Muhammad al-Xorazmiy maktabining filiallari tashkil etilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanishi haqida xabar bergan edi.