Dollar haftani pasayish bilan boshladi

eʼlon qilindi
45,83 so‘mga pasaydi
17-iyun kuni dollar kursi / Foto: Depositphotos

O‘zbekiston valyuta birjasi (UZCE) ma’lumotlariga ko‘ra, 17-iyun kuni dollar kursi 45,83 so‘mga pasayib, 12 715,13 so‘m qilib belgilandi.

  • Oldingi kurs (13-iyun): 12 760,21;
  • Yangi kurs: 12 715,13;
  • O‘zgarish: -45,08 so‘m.

Shuningdek, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 25,61 so‘mga oshib, 14 730,48 so‘mni, rubl esa 1,67 so‘mga yuqorilab, 161,75 so‘mni tashkil qildi.

Qaysi banklarda AQSh valyutasini qulay narxlarda almashtirish mumkin?

Shuningdek, «Pultop» kanali ma’lum qilishicha, 16-iyun kuni soat 15:30 holatiga ko‘ra dollarning maqbul kurslari quyidagi banklarda kuzatilgan:

Banklarga sotish (USD – UZS):

  • «Ipak yo‘li bank» – 12 760 so‘m;
  • «APEX bank» – 12 760 so‘m.
  • «Xalq banki» – 12 760 so‘m;

Banklardan sotib olish (UZS – USD):

  • «Hamkorbank» – 12 780 so‘m;
  • «Tenge bank» – 12 800 so‘m;
  • «Asaka bank» – 12 800 so‘m.

Avvalroq dollar kursi hafta davomida qanday o‘zgargani haqida yozgan edik. 2025-yil 9-iyundan 13-iyungacha AQSh dollarining so‘mga nisbatan o‘rtacha kursi 12 712,05 so‘mdan 12 760,21 so‘mga yuqoriladi.

AQSh dollari haftani 12712,05 so‘m bilan boshlab, 10-iyunda 12 674,37 so‘mni qayd etdi. Eng ko‘p pastlash 11-iyunda kuzatildi. O‘sha kuni 1 AQSh dollari 12 646,56 so‘mga teng bo‘ldi. 12-iyun kuni AQSh dollarida yuqorilash kuzatilib, 12 705,79 so‘mni tashkil etdi. 13-iyun kuni 1 AQSh dollari 12 760,21 so‘mga teng bo‘lib, bu 9-iyunga nisbatan 48,16 so‘mga yuqorilaganini bildiradi.

Shuningdek