Evakuatsiya ortidan Turkmanistonda oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashmoqda

eʼlon qilindi
Sut mahsulotlari va bozorlardagi sabzavotlar ham qimmatlashgan
Turkmaniston va Eron chegarasi. Foto: Tirsilkroad.org

Ayni paytda mamlakat ichida ayrim oziq-ovqat narxlari oshgani kuzatilmoqda. Bu haqda Turkmen.news xabar berdi.

Isroilning Eronga hujumlari sababli Turkmaniston o‘z hududi orqali xorijiy diplomatlar, ularning oilalari hamda boshqa fuqarolarning Eronni tark etishiga ruxsat berdi. Shu bilan birga, ayni paytda Turkmaniston ichki bozorida turli mahsulotlar, ayniqsa oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshmoqda.

Xabarga ko‘ra, bir necha kun avval Ashxobodda Eron sigaretlarining bir qutisi 55 manat ($2,75) turgan bo‘lsa, hozirda uning narxi 75 – 80 manat ($3,75–$4) ga yetgan.

Shuningdek, ayrim oziq-ovqat narxlari, masalan, sut mahsulotlari va bozorlardagi sabzavotlar ham qimmatlashgan. Misol uchun, ilgari narxi 3 manatdan ($0.86) oshmagan piyoz hozirda 5 manatga ($1.43) sotilmoqda. Shuningdek, kir yuvish kukuni, shampun va sovun kabi maishiy kimyo mahsulotlari narxi ham oshgan.

2025-yilning yanvar – aprel oylariga doir ma’lumotlarga ko‘ra, Eron O‘zbekistonning eng yirik import hamkorlari ro‘yxatiga kirmaganiga qaramay, ushbu davlatdan turli mahsulotlar importi davom etmoqda. Davlat statistika qo‘mitasining xabariga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi $496,6 millionni tashkil etgan. Import qilinayotgan mahsulotlar orasida qurilish materiallari, kimyo sanoati mahsulotlari hamda oziq-ovqat yetakchi o‘rinda turadi.

Ma’lumot o‘rnida, Eron hududida harbiy harakatlar boshlanganidan so‘ng,Turkmaniston hukumati xorijiy diplomatlar va ularning oila a’zolari, shuningdek, boshqa fuqarolar uchun transport, oziq-ovqat, mehmonxona joylari va zarur vositalarni ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan. TIVning 16-iyun holatiga bergan ma’lumotiga ko‘ra, Turkmaniston chegarasidan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Ruminiya va boshqa davlatlar fuqarolaridan taxminan 120 kishi o‘tgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri Erondan 30 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilingani haqida xabar bergandi. Ularning Vatanga qaytishida O‘zbekistonga Ozarbayjon va Turkmaniston yordam ko‘rsatgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, O‘zbekistonning Tehron va Tel-Avivdagi elchixonalari fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida 24 soat davomida faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek