G7 rahbarlari global inqirozlarga qarshi birlikka chaqirdi

eʼlon qilindi
Keskinlik va savdo masalalari muhokama qilindi
G7 rahbarlari global inqirozlarga qarshi birlikka chaqirdi / Foto: G7canada.ca

Kanadada G7 (Katta yettilik) davlatlari yetakchilari yig‘ilib, Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlar, shuningdek, global iqtisodiy beqarorlik muammolarini muhokama qilmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Buyuk Britaniya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya va AQSh rahbarlari, Yevropa Ittifoqi bilan birga, Kananaskis tog‘ kurortida uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Sammitda asosiy e’tibor iqtisodiyot, savdo, Xitoy bilan munosabatlar, Rossiya neftiga narx cheklovlari va Isroil – Eron o‘rtasidagi keskinlikka qaratildi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tinchlik va diplomatik muzokaralarga qaytishni yoqlab chiqdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Putin bilan muloqot qilib, uni vositachilikka taklif qilgani Yevropa davlatlari orasida bahs uyg‘otdi. Ukraina prezidenti Zelenskiy va NATO bosh kotibi ham sammitda qatnashadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil va Eron o‘rtasidagi urush tafsilotlari haqida batafsil yozgan edik.

Shuningdek