Galaxy A16 5G Android 15 asosidagi birinchi yirik yangilanishni oldi

16-iyun 2025 19:38 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Galaxy A16 5G Android 15 asosidagi birinchi yirik yangilanishni oldi / Foto: Tech Advisor

Dunyoda eng mashhur Samsung smartfoni hisoblangan Galaxy A16 5G o‘zining ilk katta dasturiy yangilanishini oldi. Bu haqda Sammobile nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yangi versiya – Android 15 asosidagi One UI 7.0 interfeysi hozircha Yevropa foydalanuvchilari uchun taqdim etildi.

3 GB hajmdagi ushbu yangilanish xavfsizlik bo‘yicha may oyida chiqarilgan xavfsizlik va barqarorlikni oshiruvchi rasmiy tuzatishlarni ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, Galaxy A16 4G versiyasi ham bundan 10 kun avval shu yangilanishni olgan edi.

Samsung kompaniyasi Galaxy A16 5G modelini 6 yilgacha yangilab borishni rejalashtirgan bo‘lib, foydalanuvchilar Android 20 versiyasigacha yangilanish olishlariga ishonch hosil qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy S25 Edge akkumulyatori kutilganidan kuchliroq chiqqan edi.

Shuningdek