
Geely kompaniyasi o‘zining yangi o‘rta o‘lchamli gibrid sedanini – Galaxy A7 EM-i modelini e’lon qildi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.
Bu avtomobil Geely’ning Leishen AI Hybrid 2.0 deb nomlangan eng yangi gibrid tizimi bilan jihozlangan birinchi model bo‘ladi.

A7 EM-i 2025-yilning uchinchi choragida Xitoy bozoriga chiqadi. Narxi 100 mingdan 130 ming yuangacha bo‘lishi kutilmoqda. Bu esa taxminan $14 mingdan $18,2 minggacha degani. Xuddi shunday narxga Chevrolet Tracker avtomobilini xarid qilish mumkin. Modelni chegirmada 215 mln so‘mga ($17 ming) sotib olsa bo‘ladi. Geely kompaniyasining yangi modeli mahalliy bozorga kirib kelganida bojxona va qo‘shimcha to‘lovlar evaziga qimmatroq bo‘lishi mumkin.

Asosiy jihatlari:
- 2100 km dan ortiq umumiy yurish masofasi – bu sinfidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri.
- 1.5 litrli benzin dvigateli va elektromotor kombinatsiyasi.
- 47,26% issiqlik samaradorligi – bu ham sanoatdagi yetakchi ko‘rsatkich.
- Akumulyator to‘liq quvvatdan chiqqan holatda ham 100 km ga atigi 2,49 litr yoqilg‘i sarflaydi.
- Sun’iy intellekt algoritmlari akkumulyatorning ishlash muddatini 15% ga oshiradi.
- Faqat elektrda yurish uchun 55 km yoki 120 km masofani tanlash mumkin.
- Mazkur model BYD Qin L va Wuling Starlight kabi mashinalarga raqib bo‘lib, Xitoydagi gibrid sedan bozori uchun jiddiy o‘yinchi bo‘ladi.

Dizayn va o‘lchamlar:
- Old panjarasi yopiq va zamonaviy LED chiroqlar bilan jihozlangan.
- Yon tomonda ikki qatorli o‘yilgan chiziqlar va qora oynalar bezagi bor.
- Uzunligi – 4918 mm, kengligi – 1905 mm, balandligi – 1495 mm, g‘ildiraklar oralig‘i – 2845 mm.
- Saloni katta va qulay bo‘lib, Galaxy L6 va Galaxy Starshine 8 modellari orasidagi o‘rinda joylashgan.
Avvalroq Geely Galaxy A7 EM-i sedanining rasmiy suratlarini taqdim etgani haqida yozgan edi.