Gadjetlar

Infinix yangi smartfonlarini taqdim etdi

Narxlar hali aniq emas
Infinix yangi smartfonlarini taqdim etdi / Foto: Infinix

Infinix kompaniyasi yangi Smart 10 va Smart 10 HD smartfonlarini taqdim etdi. Ikkala model ham arzon narxda yaxshi imkoniyatlar bilan ajralib turadi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Smart 10’da 6,67 dyuymli HD+ LCD ekran mavjud. U 120 Gts yangilanish tezligi va 700 nit yorqinlikni taklif etadi. Smart 10 HD esa 6,6 dyuymli HD+ IPS displeyga ega, 90 Gts yangilanish va 500 nit yorqinlikni qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘lcham va vazn jihatidan Smart 10 – 162,62 x 77,01 x 8,25 mm, vazni 187 g. HD variantda esa 163,6 x 75,6 x 8,5 mm, vazni 184 g. Smart 10 – Unisoc T7250 protsessori, 4 GB operativ xotira (yana 4 GB virtual) va 256 GB doimiy xotira bilan jihozlangan. Smart 10 HD esa Unisoc T606, 2 GB RAM, 64 GB xotira bilan ishlaydi.

Foto: Infinix

Ikkala qurilma ham 5000 mA·soat akkumulyatorga ega. Smart 10 — 15 Vt, HD modeli esa 10 Vt quvvat bilan zaryadlanadi.

Kamera jihatidan, birinchi modelda 8 MP old va 8 MP orqa kamera bor. Ikkalasi ham 2K video yozishni qo‘llab-quvvatlaydi. Smart 10 HD esa 13 MP ikki datchikli orqa kamera, 8 MP old kamera va LED chaqnoq bilan ta’minlangan.

Smart 10 Android 15 asosidagi XOS 15.1, Smart 10 HD esa Android 14 Go Edition bilan ishlaydi.

Yon tomondagi barmoq izi skaneri, yuz orqali qulf ochish, IP64 himoya, DTS audio singari qo‘shimcha funksiyalarga ega.

Kursiv Uzbekistan nashri Infinix 82 dollarlik smartfonini taqdim etgani haqida yozgan edi.