Instagram’da yangi funksiyalar ishga tushiriladi

eʼlon qilindi
Endi foydalanuvchilar postlarning joyini o‘zgartirishi va ayrim yozuvlarni kuzatuvchilarga ko‘rsatmasligi mumkin
Instagram’da yangi funksiyalar ishga tushiriladi. Foto: depositphotos.com

Instagram yaqin kunlarda bir nechta yangi funksiyalarni joriy etadi. Endi foydalanuvchilar lenta (profil tasmalari)dagi postlarning joyini o‘zgartirishi va ayrim yozuvlarni kuzatuvchilarga ko‘rsatmasligi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Instagram rahbari Adam Mosseri xabar berdi.

Lentani boshqarish imkoniyati

Instagram foydalanuvchilari uzoq vaqtdan beri kutayotgan funksiyalardan biri – profil postlarining o‘rnini o‘zgartirish imkoniyati edi. Ilgari faqat ayrim postlarni lenta tepasiga biriktirish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, endi esa istalgan postni xohlagan joyga ko‘chirish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, foydalanuvchilar lentani o‘z istaklariga qarab boshqarishi, tartiblashi mumkin bo‘ladi.

Adam Mosserining aytishicha, bu funksiyaga so‘nggi yillarda eng ko‘p talab bo‘lgan. 2022-yilda bu imkoniyat sinovdan o‘tkazilgan, ammo faqat shu yilda to‘liq ishga tushirishga tayyor holga keltirilgan.

Faqat o‘zingiz ko‘radigan postlar

Instagram joriy qilayotgan yana bir funksiya – ayrim postlarni kuzatuvchilarga ko‘rsatmasdan joylashtirish. Ya’ni foydalanuvchi postni profiliga yuklaydi, ammo bu keng auditoriyaga ko‘rinmaydi. Mosserining ta’kidlashicha, bu o‘z ijodiy ishlarini boshqalar bilan bo‘lishishga cho‘chiyotgan foydalanuvchilar uchun foydali bo‘ladi.

Spotify bilan hamkorlik

Endi foydalanuvchilar Instagramdagi postlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri Spotify’dagi musiqalarni qo‘shishlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, yangi mualliflarni qo‘llab-quvvatlash va kontent ustida tajriba o‘tkazish imkoniyati ham paydo bo‘ladi.

Adam Mosserining ma’lumotiga ko‘ra, yuqorida tilga olingan funksiyalar yaqin kunlarda ishga tushiriladi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda qaysi ijtimoiy tarmoqdan eng ko‘p foydalanilishi haqida yozgandi.

Shuningdek