
iPhone foydalanuvchilari endi istalgan musiqani to‘g‘ridan to‘g‘ri rington sifatida o‘rnatishi mumkin. Bu yangilikni texnobloger Farhod Usmonov aniqlagan.
Unga ko‘ra, endilikda iOS 26 tizimida iTunes yoki GarageBand kabi dasturlarsiz, har qanday trekni yuklab olib, bir necha bosqichda ringtonga aylantirish mumkin.
Endi qanday ishlaydi
- Google orqali yoqqan musiqangizni topasiz.
- Uni iPhone’dagi «Fayllar» ilovasiga yuklaysiz.
- Fayl ustida bosib turasiz va «Set as Ringtone» tugmasini bosasiz.
Shu bilan na qo‘shimcha ilova, na pul kerak. Avvallari Apple ringtonlar kutubxonasidan foydalanish mumkin edi, ammo bu:
- Pul to‘lanardi,
- Kutubxonadagi kompozitsiyalar soni cheklangan edi,
- O‘z treklaringizni qo‘shish juda murakkab edi.
Endi esa bu birinchi iOS versiyasidan beri kutilgan xususiyat oddiy va tezkor yechim sifatida har bir foydalanuvchiga ochildi.
iOS 26 qachon chiqadi
To‘liq versiyasi 2025-yil sentabr oyida, katta ehtimol bilan iPhone 17 taqdimotidan so‘ng ommaga taqdim etiladi. Uni iPhone 11, iPhone SE (2-avlod) va undan yangi qurilmalarga o‘rnatish mumkin bo‘ladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nega Apple sun’iy intellektda Samsung’dan ortda qolayotgani haqida yozgan edi.