Isroilning Eronga hujumi natijasida 70 dan ortiq ayol va bolalar halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Bag‘aiy Isroil targ‘iboti aholi yashaydigan uylar zarar ko‘rmagan deb ko‘rsatishga urinishini aytdi
Eronga hujumi natijasida 70 dan ortiq ayol va bolalar halok bo‘ldi. Foto: Majid Saeedi/Getty Images

Isroil Mudofaa armiyasi tomonidan yaqinda Tehronga uyushtirilgan uchta zarba natijasida 73 nafar ayol va bolalar halok bo‘ldi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Ismoil Bag‘aiy ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil ommaviy axborot vositalari aholining turarjoylariga zarar yetmaganini da’vo qilmoqda.

«Ammo haqiqatda Tehronga qilingan uchta so‘nggi hujum natijasida 73 nafar ayol va bola halok bo‘lgan», – deb yozgan Bag‘aiy ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida.

U, shuningdek, Shahid Chamron shahrida qulab tushgan ko‘p qavatli uyning vayronalari ostida qolgan 20 nafar boladan 10 nafarining jasadi hozirgacha topilmaganini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eron hujumi oqibatida Isroilda halok bo‘lganlar soni 20 nafarga yetgani haqida yozgandi.

Shuningdek