Li Auto i6 elektromobili qachon taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi

16-iyun 2025 10:53 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Li Auto i6 elektromobili qachon taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi / Foto: CarNewsChina

Li Auto kompaniyasi o‘zining to‘liq elektr avtomobillar qatorini kengaytirmoqda. Kompaniya Li Auto i6 elektromobili taqdim etilish muddatini ma’lum qildi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.

Li Auto i6 – bu o‘rta hajmli, besh o‘rinli va to‘liq elektr quvvatida harakatlanadigan model. U Tesla Model Y’ga raqib sifatida taqdim etilishi kutilmoqda. Yangi model sentabr oyida rasman namoyish qilinadi. U savdoga esa oktabrda chiqishi rejalashtirilgan.

Li Auto i6 kompaniyaning to‘liq elektr quvvatida ishlovchi ikkinchi modeli bo‘ladi. i6 maxsus EV platformasida quriladi. Uning uzunligi taxminan 4,8 metr, g‘ildirak bazasi esa 2,96 metrni tashkil etadi.

Foto: CarNewsChina

Aerodinamik qarshilikni kamaytirish uchun avtomobil fastbek uslubidagi tom liniyasi, qisqa oldingi kapot va «suzuvchi» tom dizayni bilan jihozlanadi. Old qismi Li MEGA va i8 dizaynlaridan ilhomlangan. LED chiroq tasmasi va chuqurlashtirilgan faralar bilan futuristik ko‘rinishga ega.

Suratlardan ko‘rinishicha, salon ichida joy ancha keng. Orqa qatordagi o‘rindiqlar oldida bir metrdan ortiq bo‘sh joy mavjud. Yukxona katta hajmli yuklar, sayohat jihozlari yoki yig‘iladigan velosipedlarni bemalol sig‘dira oladi. Balandroq tom esa boshingizga qulaylik yaratadi. Shu bilan birga, avtomobil sportcha ko‘rinishini saqlab qoladi.

Foto: CarNewschina

Texnik jihatdan i6 taxminan 400 kVt quvvatga ega ikki elektromotorli, to‘liq yurituv tizimi bilan ta’minlanadi. U 0 dan 100 km/soatgacha atigi 5 soniyada tezlashadi. Boshqaruv batareyalari CATL yoki Sunwoda tomonidan yetkazib beriladi. Bir zaryad bilan 600 – 700 km yo‘l bosadi.

i6 800V yuqori kuchlanishli tizim asosida ishlaydi va 5C tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu 10 daqiqada 500 km masofaga yetarli quvvat beradi. Shuningdek, V2L (Vehicle-to-Load) funksiyasi ham bo‘ladi.

Barcha modifikatsiyalar ilg‘or haydovchini qo‘llab-quvvatlash tizimlari bilan ta’minlanadi. Ularga tomga o‘rnatilgan Hesai ATL lidar va Nvidia Thor-X chipi asosidagi NOA (Navigate on Autopilot) tizimi kiradi. Bu tizim shahar va magistral yo‘llarda avtomatik boshqaruvni qo‘llab-quvvatlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Li avtomobillarida keng uchraydigan muammolar haqida yozgan edik.

Shuningdek