Sport

«Manchester Siti» va Husanov – 2025-yilgi klublar o‘rtasidagi JCh yetakchilaridan bo‘ldi

«Manchester Siti» tarkibi 1,18 milliard yevroga baholangan
Husanov
2025-yilgi klublar o‘rtasidagi JCh yetakchilari. Foto: Manchester Siti

Transfermarkt portali 2025-yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati ishtirokchilarining joriy bozor qiymati haqida ma’lumot e’lon qildi. Eng qimmat jamoalar reytingida Angliyaning «Manchester Siti» klubi ikkinchi o‘rinni egalladi – futbolchilarning umumiy qiymati 1,18 milliard yevroga teng.

Birinchi o‘rinni Madridning «Real» klubi (1,33 milliard yevro), uchinchi o‘rinni esa «Pari Sen-Jermen» (1,05 milliard yevro) egalladi. Ulardan keyin esa «Chelsi» (972 million yevro) va «Bavariya» (843 million yevro) turibdi.

G guruhi tarkibi:

«Manchester Siti» quyidagi jamoalar bilan bir guruhda ishtirok etadi:

  • «Yuventus» – umumiy qiymati 632 million yevro, reytingda 7-o‘rinda;
  • «Al-Ayn» – 45 million yevro, 26-o‘rin;
  • «Vidad» – eng arzon jamoalardan biri, 17 million yevro bilan 32 jamoa orasida 30-o‘rinda.

Ma’lumot uchun, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati «Inter Mayami» va «Al-Hilol» o‘rtasidagi uchrashuv bilan boshlandi va 0:0 hisobida yakunlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilda qaysi futbolchilarning qiymati oshgani haqida yozgandi.