
Xitoylik Nubia kompaniyasi o‘zining ilk Android plansheti – Nubia Pad Proni taqdim etdi. Bu haqda TechRadar ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, qurilma xalqaro bozorda sotuvga chiqdi va arzon iPad modellari bilan raqobatlashmoqda.
Planshet kuchli Snapdragon 8 Gen 3 protsessori, 8 – 16 GB tezkor va 256 – 512 GB ichki xotira bilan jihozlangan. 10,9 dyuymli ekrani 144 Gts yangilanish tezligiga ega. Narxi esa $420 dan boshlanadi.
iPad bilan solishtirganda, Nubia Pad Pro ko‘proq xotira va aniqlikni taklif qilib, foydali tanlov bo‘lmoqda. Bu Android planshetlar bozoridagi raqobatni yanada kuchaytiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq iPadkid haqida batafsil yozgan edik.