O‘zbekistonda 17-iyun kuni juda issiq havo bo‘lishi kutilmoqda

eʼlon qilindi
16-iyun soat 20:00 dan 17-iyun 20:00 gacha ob-havo prognozi
Ob-havo
17-iyun kuni ob-havo qanday bo‘ladi / Foto: Depositphotos

O‘zbekiston Respublikasi hududiga 16 – 19-iyun kunlari janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromed» xabar bermoqda. 17-iyun kuni ob-havo nisbatan issiq va quruq bo‘ladi.

16 – 17-iyun kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 17 – 19-iyun kunlari esa respublikaning boshqa hududlarida harorat kunduz kunlari 40–42 darajagacha, ayrim janubiy va cho‘l hududlarda esa 43–44 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Shuningdek, mamlakat bo‘yicha shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi hududlarda esa chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Quyidagi jadvalda hududlar kesimida ob-havo ma’lumoti bilan tanishishingiz mumkin:

HududTungi haroratKunduzgi haroratOb-havoShamol
Toshkent shahri23–25°38–40°Biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydiSharqdan 3–8 m/s
Qoraqalpog‘iston, Xorazm23–28°37–42°Biroz bulutli, ba’zida o‘zgaruvchanSharqdan 7–12 m/s, ba’zida 18 m/s, chang-to‘zon mumkin
Buxoro, Navoiy23–28°39–44°Biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydiSharqdan 7–12 m/s
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand22–27°37–42°Biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydiSharqdan 7–12 m/s
Qashqadaryo, Surxondaryo23–28°39–44°Biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydiSharqdan 7–12 m/s
Andijon, Namangan, Farg‘ona20–25°35–40°Biroz bulutli, ba’zida o‘zgaruvchanSharqdan 5–10 m/s
Tog‘ oldi va tog‘li hududlar13–18°25–30°Ba’zi joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq mumkinSharqdan 7–12 m/s

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 16-iyun kuni qanday ob-havo kutilayotgani haqida yozgan edi. 16-iyun kuni 44 darajagacha issiq bo‘lishi kutilgan edi.

Shuningdek