Kreditga taqiq: endi kredit bitimini tuzishni taqiqlashingiz mumkin

eʼlon qilindi
Yagona elektron tizim
O‘zbekistonda kredit tarixini boshqarish tizimi ishga tushdi. Foto: depositphotos.com

Portal.infokredit.uz manzili orqali foydalaniladigan UCIN (Uzbekistan credit information network) portali – O‘zbekistonda kredit axborotlari almashinuvi bo‘yicha yagona elektron tizim ishga tushdi.

Uning asosiy maqsadi – banklar, mikromoliya tashkilotlari va boshqa moliyaviy institutlar o‘rtasida kredit ma’lumotlarini avtomatlashtirilgan shaklda almashish hamda foydalanuvchilarga o‘z kredit tarixini ko‘rish va nazorat qilish imkoniyatini yaratishdan iborat.

Kredit tarixini boshqarish tizimi. Ekran tasviri rasmiy saytdan olindi.

Portal foydalanuvchilarga quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:

  • kredit hisobotlari: kredit tarixini ko‘rish va tahlil qilish;
  • SMS-xabarnoma orqali kredit tarixini olish;
  • «Freeze» xizmati: kredit tarixi olinishini cheklash;
  • kreditga taqiq: kredit bitimini tuzishni taqiqlash xizmati;
  • harakatlar tarixi: platformaga kirgandan boshlab bajarilgan barcha harakatlar hisoboti.

Mazkur tizimdan jismoniy va yuridik shaxslar, tijorat banklari, mikromoliya tashkilotlari va boshqa kredit beruvchi subyektlar foydalana oladi. Tizim orqali nafaqat kredit tarixi haqida to‘liq ma’lumot olinadi, balki ushbu ma’lumotlar asosida moliyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish imkoniyati ham yaratiladi. Masalan, kreditga taqiq xizmatini faollashtirish orqali firibgarlar nomingizga kredit olishidan saqlanishingiz mumkin. Buni faollashtirish bepul.

Ekran tasviri rasmiy saytdan olindi

Shuningdek, saytga OneID ma’lumotlaringiz bilan kirishingiz mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan tijorat banklarining mikroqarz va kredit kartalari bo‘yicha faoliyatiga talab kuchaytirilgani haqida yozgandi.

Shuningdek