O‘zbekistonda pensiya oluvchilar soni besh oyda 88,4 ming nafarga oshdi
eʼlon qilindi
Eng katta o‘sish Samarqand viloyatida

Pensiya jamg‘armasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning besh oyi davomida mamlakatda pensiya oluvchilar soni 4 million 104 ming 453 nafardan 4 million 192 ming 900 nafarga yetdi. Bu esa 88 ming 447 nafarga o‘sishni anglatadi.
Hududlar kesimida o‘sish:
- Farg‘ona viloyatida pensiya oluvchilar soni 485,1 ming nafardan 493,7 ming nafarga (+8,6 ming)
- Andijon viloyatida 384,3 ming nafardan 392,5 ming nafarga (+8,2 ming)
- Namangan viloyatida 321,3 ming nafardan 328,4 ming nafarga (+7,1 ming)
- Samarqand viloyatida 437,2 ming nafardan 446,9 ming nafarga (+9,7 ming) – eng katta o‘sish
- Toshkent viloyati va Toshkent shahrida har biri +7,4 ming nafar atrofida o‘sish kuzatilgan.
Pensionerlar toifasidagi o‘zgarishlar:
- Yoshga doir pensiya oluvchilar soni 3,4 mlndan 3,46 mln nafarga (+67,6 ming)
- Nogironlik pensiyasi oluvchilar soni 461 mingdan 476,2 ming nafarga (+15,2 ming)
- Boquvchisini yo‘qotgan pensiyasi oluvchilar 243,4 mingdan 248,9 ming nafarga (+5,5 ming)
Eng kam pensiya oluvchi hududlar:
- Sirdaryo viloyati – 104,9 mingdan 107,6 ming nafarga (+2,7 ming)
- Navoiy viloyati – 137,8 mingdan 141 ming nafarga (+3,2 ming)
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oshishi haqida xabar bergan edi.