
O‘zbekiston hududida kuzatilayotgan kuchli issiq tufayli yerusti temir yo‘llaridagi rels va po‘lat qismlar juda yuqori haroratga ega bo‘layotgani sababli yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida poyezdlar harakatiga tezlik cheklovlari joriy etildi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ ma’lum qildi.
Bunda ayrim poyezdlar sovitish tizimining samaradorligi pasayishi va manzillarga jadvaldan kech yetib borishi mumkinligi ma’lum qilinmoqda.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ issiq tufayli yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi va yo‘lovchilarning sabr-toqatli bo‘lishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdan Issiq-ko‘lga avtobus qatnovlari boshlangani haqida xabar bergan edik.