Red Magic 10 Air Flame Orange savdoga chiqdi

16-iyun 2025 15:54 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Red Magic 10 Air Flame Orange savdoga chiqdi / Foto: Red Magic

Red Magic kompaniyasi Red Magic 10 Air modelining Flame Orange rangli versiyasi sotuvga chiqqanini e’lon qildi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.

Qurilma kuchli texnik xususiyatlari va noan’anaviy dizayni bilan ajralib turadi. Smartfon Snapdragon 8 Gen 3 protsessori, 16 GB LPDDR5X tezkor xotira va 512 GB UFS 4.0 doimiy xotira bilan jihozlangan.

Kompaniya uni «Red Magic tarixidagi eng yupqa to‘liq ekranli telefon» deb atamoqda. Korpus qalinligi atigi 7,85 mm bo‘lib, og‘irlik 1:1 nisbatda taqsimlangan. Old panel 2,5D oynadan tayyorlangan.

6,8 dyuymli ekrani 93,7% foydali maydonga ega. U 120 Gts yangilanish chastotasi, 1600 nit gacha yorqinlik va Magic Touch texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Kamera ekranning ostida joylashgan. Portret suratga olish algoritmi 4.0 versiyasida ishlaydi. Sovitish tizimi sifatida Liquid Metal 2.0 qo‘llanilgan.

Red Magic 10 Air o‘zida bir qator ilg‘or o‘yin funksiyalarini jamlagan: o‘yinlarda nishonga olish, navigatsiya uchun AI plaginlar, terga chidamli sensorli tugmalar, stereodinamikalar. Qurilma Wi-Fi 7 va 5G texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa uni professional kiber o‘yinlar uchun ham mos qiladi.

Smartfon Red Magic OS operatsion tizimida ishlaydi va DeepSeek hamda boshqa sun’iy intellektga asoslangan funksiyalar bilan boyitilgan.

Xitoyda yangi modelning narxi $490 etib belgilangan. Bu esa uni o‘yin ixlosmandlari uchun kuchli va nisbatan arzon variantga aylantiradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Red Magic Gaming 3 Pro plansheti taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek