
GSMArena nashri Top 10 eng yaxshi smartfonlar reytingini e’lon qildi. Unda Redmi Turbo 4 iPhone 16 pro Max modelidan ustun keldi.
Huawei kompaniyasi hafta davomida o‘zining yangi flagman kamerafonini – Pura 80 Ultra modelini taqdim etdi. Bu qurilma darhol eng mashhur smartfonlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Kuchli texnik xususiyatlarga ega bu modeldan katta imkoniyatlar kutilyapti.
Reytingda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Samsung Galaxy A56 hamda Galaxy S25 Ultra modellari band qildi.
OnePlus 13s bu hafta to‘rtinchi o‘ringa tushgan bo‘lsa, Redmi Turbo 4 Pro sezilarli darajada yuqorilab, beshinchi pog‘onani egalladi.
iPhone 16 Pro Max ham reytingda ko‘tarilib, oltinchi o‘ringa chiqdi. Bu orada Poco X7 Pro yettinchi pog‘onaga tushgan.
Reytingning keyingi o‘rinlarini esa iQOO Neo 10 (sakkizinchi), Infinix GT 30 Pro (to‘qqizinchi) va Samsung Galaxy S25 Edge (o‘ninchi) egalladi.
Smartfonlar reytingi
O‘rin | Smartfon nomi | Oldingi o‘rni |
---|---|---|
1 | Huawei Pura 80 Ultra 5G | Yangi |
2 | Samsung Galaxy A56 | 1 |
3 | Samsung Galaxy S25 Ultra | 3 |
4 | OnePlus 13S 5G | 2 |
5 | Xiaomi Redmi Turbo 4 Pro | 10 |
6 | Apple iPhone 16 Pro Max | 9 |
7 | Xiaomi Poco X7 Pro | 6 |
8 | vivo iQOO Neo 10 5G | 8 |
9 | Infinix GT 30 Pro 5G | 7 |
10 | Samsung Galaxy S25 Edge | 4 |
Avvalroq Xiaomi 16 Pro Max qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi haqida yozgan edi.