Toshkent – Dalaman yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslar boshlandi

eʼlon qilindi
Asialuxe Travel, UzAirways va Uzbekistan Airports bilan hamkorlikda
Toshkent – Dalaman yo‘nalishi. Foto: BoneKot / depositphotos.com

Toshkent – Dalaman yo‘nalishi bo‘yicha Turkiyaga charter reyslarning yangi qatnovi boshlandi. Ushbu parvozlar Asialuxe Travel, Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Bu yo‘nalish Egey dengizi sohilidagi eng yaxshi kurortlarga, ya’ni Marmaris, Fethiye, Oludeniz va Go‘chek shaharlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri borish imkonini beradi.

15-iyun kuni birinchi reys yo‘lovchilari Toshkent aeroportida tantanali tarzda kuzatilib, Dalamanda kutib olish marosimi tashkil etildi.

Parvozlar quyidagi jadvalda amalga oshiriladi:

  • Dalaman – haftasiga 1 marta, yakshanba kunlari;
  • Antaliya – har kuni;
  • Alaniya – har hafta payshanba kuni;
  • Bodrum – har hafta chorshanba kuni.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eron havo hududining yopilishi sabab bir nechta xalqaro reyslar bekor qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek