
Endi tuman hokim o‘rinbosarlari soni to‘rtta bo‘ladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi. Rivojlanish rejasiga qarab hokimning o’zi qaysi masalalarda o‘rinbosar bo‘lishini o‘zi tanlaydi.
Shuningdek, Sirdaryo tumani budjetida ma’muriy va moliyaviy jarimalar hamda ko‘rsatilgan davlat xizmatlari uchun tushumlarning bir qismi qolishi ma’lum qilindi.
Endi Sirdaryo tumani budjeti yiliga qo‘shimcha 12 mlrd so‘m daromadga ega bo‘ladi.
«Hokim, uning o‘rinbosarlari KPIni to‘liq bajarsa, keyingi yil hududga beriladigan mablag‘ 10 – 15 foiz ko‘paytiriladi. Aksincha bo‘lsa, mablag‘ oshirilmaydi va mas’ul rahbar ishdan ketadi», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Avvalroq 15 ta tumanda boshqaruv tizimi tubdan o‘zgarishi haqida yozgan edik.