
Vivo kompaniyasining tez orada sotuvga chiqarilishi kutilayotgan yangi flagman modeli – Vivo X200 FE smartfonining rasmlari paydo bo‘ldi.
Qurilma 2025-yil 30-iyun kuni rasmiy taqdimot bilan bozorga chiqishi kutilmoqda. Hozircha esa tarmoqda uning qadoqlari va to‘rt xil – qora, ko‘k, to‘q sariq va pushti ranglardagi rasmiy tasvirlari paydo bo‘ldi.

120 Gts AMOLED ekran va yuqori yorqinlik
Smartfon 10 bitli rang chuqurligi va 5000 nitgacha maksimal yorqinlikka ega 120 Gts yangilanish chastotali AMOLED displey bilan jihozlanadi. Ekran markazida 50 megapikselli selfi kamera uchun kichik teshik joylashtirilgan.
OIS bilan periskopik kamera tizimi
Orqa panelda quyidagi kamera tizimi joylashadi:
- 50 MP asosiy sensor (OIS bilan),
- 8 MP ultra keng burchakli kamera,
- 50 MP periskopik telefoto kamera (70 mm fokus masofasi, OIS bilan).
6500 mA/soat kremniy-uglerodli akkumulyator
Eng diqqatga sazovor jihatlardan biri bu 6500 mA/soat sig‘imli kremniy-uglerodli batareya bo‘lib, u 90 Vt tezkor quvvatlash va USB Power Delivery protokollarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu texnologiya Vivo S30 Pro Mini’dan olingan bo‘lib, X200 FE ham shunga o‘xshash batareyani egallashi kutilmoqda.
Boshqa afzalliklari:
- Stereodinamik tizim,
- Displey ostidagi barmoq izi skaneri,
- IP68/IP69 standartlariga mos chang va suvdan himoya.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Vivo X Fold5 iPhone 16 Pro Max’dan ham yupqaroq bo‘lishi haqida xabar bergan edi.