Gadjetlar

Vivo Y400 Pro qachon taqdim etiladi

Taxminiy narxi $290
Vivo Y400 Pro
Vivo Y400 Pro qachon taqdim etiladi / Foto: Vivo

Vivo kompaniyasi o‘rta narx toifasidagi yangi Y400 Pro smartfonini chiqaryapti. Y400 Pro 2025-yil 20-iyun kuni taqdim etiladi.

Vivo e’lon qilgan tizerda smartfonning umumiy ko‘rinishi ham ochiqlangan. Qurilma zamonaviy dizaynga ega bo‘lib, u bozorga AMOLED ekran va kuchli akkumulyator bilan kirib keladi. Mish-mishlarga ko‘ra, Vivo Y400 Pro 6,77 dyuymli AMOLED-displey, MediaTek Dimensity 7300 protsessori, 50 megapikselli asosiy va 32 megapikselli old kamera, 5500 mA/soat sig‘imli akkumulyator va 90 vattli tez quvvatlash funksiyasiga ega bo‘ladi.

Foto: Vivo

Shuningdek, fotosuratlarni optimallashtirish uchun sun’iy intellekt funksiyalari to‘plami bilan jihozlanadi. Qurilmaning Hindiston bozoridagi taxminiy narxi $290 atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Y400 Pro o‘rtacha narxdagi kuchli va samarali smartfon izlayotganlar uchun yaxshi tanlov bo‘lishi mumkin. To‘liq texnik tafsilotlar Vivo tomonidan 20-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan taqdimotda e’lon qilinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Vivo X200 FE smartfoni qanday bo‘lishi haqida xabar bergan edi.