WhatsApp’da «Aktual» bo‘limiga yangi funksiyalar qo‘shiladi

eʼlon qilindi
WhatsApp’da «Aktual» bo‘limiga yangi funksiyalar qo‘shiladi / Foto: WhatsApp

WhatsApp messenjeri tez orada «Aktual» bo‘limida yangi imkoniyatlarni joriy etishini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Endilikda foydalanuvchilar kanallarga oylik pullik obuna bo‘lib, mualliflardan eksklyuziv yangiliklar olishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, kanallar katalogi kengaytiriladi va foydalanuvchilarga mos tavsiyalar ko‘rsatiladi.

Bundan tashqari, «Status» bo‘limida reklama paydo bo‘ladi. Bu orqali foydalanuvchilar yangi brend va xizmatlar bilan tanishib, ularga yozish imkoniga ega bo‘ladilar. Ushbu yangiliklar shaxsiy yozishmalarga ta’sir qilmaydi va faqat «Aktual» bo‘limiga tegishlidir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Instagram’da yangi funksiyalar ishga tushirilgan edi.

Shuningdek