Xiaomi YU7 elektr yo‘ltanlamasi oy oxirida taqdim etiladi

16-iyun 2025 17:43 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Xiaomi YU7
Xiaomi YU7 elektr yo‘ltanlamasi oy oxirida taqdim etiladi / Foto: Xiaomi

Kompaniya rahbari Lei Jun Xiaomi YU7 modelini 2025-yil iyun oyi oxirida rasman sotuvga chiqarishini Weibo ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

YU7 modelining eng muhim afzalliklaridan biri – 700 TOPS hisoblash quvvatiga ega Nvidia Drive AGX Thor platformasidir. Ushbu platforma avtonom haydash funksiyalarini ta’minlab beradi: LiDAR, millimetrli radarlar va yuqori aniqlikdagi videokameralar bilan integratsiya qilinadi.

Avtomobil quyidagi texnik xususiyatlarga ega bo‘ladi:

  • 508 kVt (681 ot kuchi)gacha quvvatga ega elektr motorlar;
  • maksimal tezlik – soatiga 253 km;
  • akkumulyator sig‘imi – 101,7 kVt/soat, yurish zaxirasi esa 835 kilometrgacha;
  • kamroq sig‘imli batareyali variantlar ham mavjud bo‘ladi.

Boshlang‘ich narx 250 ming yuan (taxminan $34,7 ming)dan boshlanadi.

Foto: weibo ijtimoiy tarmog‘i / Lei Jun

Xiaomi avtomobil bilan birgalikda yangi planshet – Xiaomi Pad 7S Pro modelini ham taqdim etadi. U kompaniya ishlab chiqqan Xuanjie O1 chipida ishlaydigan ikkinchi planshet bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 222 dollarga Xiaomi Mijia 271L uch eshikli muzlatkich taqdim etilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek