Xitoyda yangilangan Lynk & Co 01 krossoveri taqdim etildi

16-iyun 2025 12:30 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Xitoyda yangilangan Lynk & Co 01 krossoveri taqdim etildi / Foto: Lynk & Co

Xitoyda yangilangan Lynk & Co 01 krossoveri rasman namoyish etildi. Bu haqda ITHome texnologiyalar nashri xabar bermoqda.

Model uch xil to‘plamda taqdim etilmoqda, narxlari esa 149,8 mingdan 181,8 ming yuangacha (taxminan $20,9 – $25,4 ming) etib belgilangan.

Ammo ilk xaridorlar uchun katta chegirma taqdim etilmoqda – 31 ming yuan (taxminan $4,3 ming). Shunday qilib, boshlang‘ich to‘plamdagi mashina faqat $16,6 mingga tushadi.

Foto: Lynk & Co

Tashqi ko‘rinishi

Yangi model dizaynda katta o‘zgarishlarga ega emas, ammo yangi mat tusli «Night Shadow Blue» rang varianti bilan ajralib turadi. Qoramtir disklari, qora rangdagi oynalar korpusi, eshik tutqichlari, tomdagi relslar va boshqa elementlar avtomobilga sport ko‘rinish beradi.

O‘lchamlari:

  • Uzunligi: 4549 mm
  • Kengligi: 1860 mm
  • Balandligi: 1689 mm
  • G‘ildiraklar oralig‘i: 2734 mm

Mazkur model o‘lchamlari bo‘yicha Volvo XC40 dan biroz kattaroq.

Foto: Lynk & Co

Salon va texnika

Ichki qismda yangilangan:

  • Kattaroq mediaekran
  • Soddalashtirilgan ventilyatsiya panellari
  • Kamroq mexanik tugmalar
  • Ikki marta simsiz quvvatlagich
  • Yangi media tizim yuqori unumdorlik va silliq interfeys bilan jihozlangan

Texnik xususiyatlar:

  • 2.0 litrli turbo dvigatel, 254 ot kuchi
  • Maksimal aylanish momenti – 350 Nm
  • 8 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi

Qizig‘i, Volvo XC40 2026 modeli esa 7 pog‘onali robotlashtirilgan uzatmalar qutisi bilan taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Geely kompaniyasi Xitoy bozorida yangi ramkali gibrid pikaplar – Radar King Kong EM-P va Radar Horizon EM-P’ni rasman taqdim etgani haqida yozgan edik.

Shuningdek