Yangi Toshkentga olib boruvchi 21 kilometrlik metro yo‘li quriladi

eʼlon qilindi
Kuniga 230 ming yo‘lovchiga xizmat qiladi
Yangi Toshkentga olib boruvchi 21 kilometrlik metro yo‘li quriladi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda rejalashtirilgan qurilish va jamoat transporti loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Poytaxtda bunyodkorlik sur’ati ortib borayotgani bois yangi loyihalarda sifat va xavfsizlik masalalari ustuvor bo‘ldi.

Ko‘p qavatli binolarning zilzilabardoshligi 9 ballgacha oshirilmoqda, har bir loyiha ilmiy-texnik ekspertizadan o‘tkaziladi. Chilonzorda yangi elektr podstansiyasi va suv rezervuari barpo etiladi. Bu orqali tarmoq yuklamasi kamayadi, suv ta’minoti yaxshilanadi.

Metropoliten infratuzilmasi ham kengaymoqda. Chilonzor yo‘lining Pushkin bekatidan Traktor zavodigacha bo‘lgan yerusti va yerosti metro yo‘llari qurilishi rejalashtirilgan. Yangi Toshkentga olib boruvchi 21 kilometrlik yangi metro yo‘li kuniga 230 ming yo‘lovchiga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda «Turon – Qipchoq» yerusti metro yo‘nalishi 3 oy muddatga yopilgan edi.

Shuningdek