Avto

Zeekr 3,5 yilda yarim millionta elektromobil chiqardi

Zeekr 001 modelidan
Zeekr 3,5 yilda yarim millionta elektromobil chiqardi. Foto: Mirroni / depositphotos.com

Xitoyning Zeekr kompaniyasi 2021-yil oktabrda taqdim etgan 001 modelidan hozirgacha 500 ming dona ishlab chiqardi. Bu haqda Speedme nashri xabar berdi.

Kompaniyaning yubiley modeli Zeekr 009 Light and Shadow flagman elektrominiveni bo‘ldi.

Zeekr 009 Light and Shadow flagman elektrominiveni. Foto: Zeekrlife.com

Yangi model narxi 789 ming yuan (taxminan $110 ming) bo‘lib, 3,9 soniyada 100 km/soatgacha tezlikka chiqa oladigan ikkita elektromotordan iborat. Zaxira yurish masofasi 702 kmni tashkil etadi. 108 kVt 5C akkumulyator tizimi va 800 voltli elektr arxitekturaga ega.

Salon qismi maxsus devor bilan bo‘lingan, 43 dyuymli ekran, sovutkich, 31 ta dinamikli Yamaha audio tizimi (3000 Vt) va Qualcomm 8295 ikki platformali tizim, 64 ta fon ilovasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Zeekr Tesla, BMW va Mercedes kabi premium elektromobil brendlariga jiddiy raqobatchi sifatida qaralmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Zeekr ikki elektromotorli gibrid avtomobilini sotuvga chiqargani haqida yozgandi.

Zeekr 9X modeli ilk marotaba 2025-yil 23-aprel kuni Shanxay avtosalonida taqdim etilgan edi. 5,2 metr uzunlikka va 3,2 metr g‘ildirak bazasiga ega bo‘lgan bu yirik SUV bozorning yuqori segmentiga mo‘ljallangan bo‘lib, YangWang U8 kabi raqobatchilar bilan bellasha oladi. Modelda 900V tizimi, 2 litrli ichki yonuv dvigateli, ikki elektromotor va 6C batareya mavjud.

Shuningdek, Zeekr’ning yangi versiyasi Chevrolet Cobalt narxida chiqishi haqida yozgandik.