16 mingdan ziyod qozog‘istonliklarning ma’lumotlari internetda tarqalib ketdi

eʼlon qilindi
Sizib chiqish manbasi hozircha aniqlanmagan
16 mingdan ziyod qozog‘istonliklarning ma’lumotlari internetda tarqalib ketdi. Foto: the_lightwriter / depositphotos.com

Qozog‘istonda 16 mingdan ziyod aholining ma’lumotlari internetda tarqalib ketdi. Bu haqdagi xabarni Inform buro nashriga Qozog‘iston Kiberhujumlarni tahlil qilish va tergov qilish markazi (TSARKA) tasdiqladi.

«Qozog‘iston aholisi 2024» nomi ostida 16,3 million kishiga oid shaxsiy ma’lumotlar internetda ochiq tarzda tarqaldi. Bu hodisa mamlakat aholisi asosiy qismini qamrab olgan.

Markazi vakili, TSARKA Group vitse-prezidenti Enlik Satieva ma’lumot berishicha, bu faqat ism-shariflar emas, balki juda muhim ma’lumotlar, jumladan:

  • familiya, ism, otasining ismi;
  • tug‘ilgan sana;
  • JShShIR;
  • yashash manzili;
  • mobil, ishchi va uy telefon raqamlari;
  • jinsi;
  • millati va fuqaroligi;
  • manzil tasdig‘i holati;
  • yashash boshlangan sana;
  • tibbiy muassasalardan (poliklinika, stomatologiya) olingan ma’lumotlar bo‘lgan.

Sizib chiqish manbasi hozircha aniqlanmagan. Mutaxassislar bu bitta tizimga tegishli ma’lumotlar bazasi bo‘lishi yoki bir nechta manbalardan yig‘ilgan yagona hujjat bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

TSARKA mutaxassislari maxsus tergov olib bormoqda, rasmiylar axborot xavfsizligi bo‘yicha chora ko‘rishga chaqirilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ostonada 10G tezlikdagi internet ishga tushirilgani haqida yozgandi.

Loyiha Huawei Technologies Kazakhstan kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi va 50G PON texnologiyasi asosida quriladi.

Kelishuv «Xitoy – Markaziy Osiyo» forumi doirasida Ostona ma’muriyati va Huawei o‘rtasida imzolangan. Maqsad – ilg‘or telekommunikatsiya yechimlarini poytaxt infratuzilmasiga joriy etish va internet xizmatlarini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.

Shuningdek