Yangiliklar

Dollar pasayishda davom etmoqda

46,99 so‘mga pastladi
dollar
17-iyun kuni dollar kursi / Foto: Depositphotos

O‘zbekiston valyuta birjasi (UZCE) ma’lumotlariga ko‘ra, 17-iyun kuni dollar kursi 46,99 so‘mga pasayib, 12 668,14 so‘m qilib belgilandi.

  • Oldingi kurs (16-iyun): 12 715,13;
  • Yangi kurs: 12 668,14;
  • O‘zgarish: -47 so‘m.

Shuningdek, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 89,91 so‘mga pasayib, 14 640,57 so‘mni, rubl esa 0,60 so‘mga pastlab, 161,15 so‘mni tashkil qildi.

Qaysi banklarda AQSh valyutasini qulay narxlarda almashtirish mumkin?

Shuningdek, «Pultop» kanali ma’lum qilishicha, 17-iyun kuni soat 15:30 holatiga ko‘ra dollarning maqbul kurslari quyidagi banklarda kuzatilgan:

Banklarga sotish (USD – UZS):

  • «Ipak yo‘li bank» – 12 715 so‘m;
  • «APEX bank» – 12 710 so‘m.
  • Xalq banki – 12 710 so‘m;

Banklardan sotib olish (UZS – USD):

  • «Hamkorbank» – 12 720 so‘m;
  • «Tenge bank» – 12 750 so‘m;
  • «Asaka bank» – 12 760 so‘m.

Avvalroq AQSh valyutasining kursi hafta davomida qanday o‘zgargani haqida yozgan edik. 2025-yil 9-iyundan 13-iyungacha AQSh dollarining so‘mga nisbatan o‘rtacha kursi 12 712,05 so‘mdan 12 760,21 so‘mga yuqoriladi.

AQSh dollari haftani 12712,05 so‘m bilan boshlab, 10-iyunda 12 674,37 so‘mni qayd etdi. Eng ko‘p pastlash 11-iyunda kuzatildi. O‘sha kuni 1 AQSh dollari 12 646,56 so‘mga teng bo‘ldi. 12-iyun kuni AQSh dollarida yuqorilash kuzatilib, 12 705,79 so‘mni tashkil etdi. 13-iyun kuni 1 AQSh dollari 12 760,21 so‘mga teng bo‘lib, bu 9-iyunga nisbatan 48,16 so‘mga yuqorilaganini bildiradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri dollar bo‘yicha yangi prognozlar e’lon qilgani haqida yozgan edi.