Dubayda ikki o‘zbekistonlikning o‘limi yuzasidan 11 kishi hibsga olindi

eʼlon qilindi
Hodisa aprel oyida yuz bergan
Dubayda ikki o‘zbekistonlikning o‘limi yuzasidan 11 kishi hibsga olindi / Foto: Unsplash

Birlashgan Arab Amirliklari huquq-tartibot organlari Dubayda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosining o‘ldirilishida gumon qilingan 11 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Khaleej Times nashri xabar berdi.

Hodisa joriy yilning aprel oyida Dubaydagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yuz bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro ishtirokchilari bir-birini avvaldan tanigan va voqea eski kelishmovchilik tufayli kelib chiqqan.

Jabrdiydalardan biri mashinasi yonida do‘pposlangan, ikkinchisi esa qochishga uringan, biroq oradan ko‘p o‘tmay qo‘lga olingan.

Rasmiylar voqea shaxsiy nizolar zaminida yuz berganini tasdiqlagan va ish prokuraturaga huquqiy choralar ko‘rish uchun topshirilgan.

Dubay politsiyasi shahar xavfsizligiga putur yetkazuvchi bunday hodisalar juda kam uchrashishini va Dubay hanuz dunyodagi eng xavfsiz shaharlardan biri bo‘lib qolishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq haqorat va yolg‘on xabar tarqatishda aybdor deb topilgan sobiq deputat 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

Shuningdek