
TrendForce tahlilchilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Samsung 2025-yilning birinchi choragida 64 mln dona smartfon ishlab chiqargan. Bu haqda Sammobile saytida ma’lum qilindi.
Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21 foizga ko‘pdir. Eng qizig‘i, Top-5 smartfon ishlab chiqaruvchilari orasida faqat Samsung ishlab chiqarishni oshirishga muvaffaq bo‘lgan. Qolgan brendlar, xususan Apple, ishlab chiqarish hajmini sezilarli kamaytirgan.

Apple ushbu chorakda 48 mln smartfon ishlab chiqargan — bu o‘tgan yilga nisbatan 40 foizga kam. Xiaomi’ning ishlab chiqarishi 7 foizga kamayib, 42 mln donani tashkil etdi. Oppo va Vivo esa mos ravishda 26 va 16 foizlik pasayishni boshdan kechirdi.
O‘rin | Brend | Ishlab chiqarish (mln dona) | Choraklar kesimida o‘zgarish (QoQ) | Bozor ulushi (%) |
---|---|---|---|---|
1 | Samsung | 64 | +21% | 22% |
2 | Apple | 48 | −40% | 17% |
3 | Xiaomi | 42 | −7% | 14% |
4 | Oppo | 27 | −26% | 9% |
5 | Vivo | 24 | −16% | 8% |
6 | Transsion | 22 | −20% | 7% |
Samsung’ning ishlab chiqarish hajmini oshirishiga ikki sabab ko‘rsatilmoqda. Birinchisi — Galaxy S25 flagman liniyasining savdo boshlanishi uchun yetarli zaxiralarni ta’minlash. Shuningdek, yil boshida yangi avlod bukiladigan Galaxy Z Fold7, Z Flip7 va Flip7 FE smartfonlari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgani tufayli. Bu modelar ham ishlab chiqarish hajmining oshishiga sabab bo‘lgan.
Ikkinchi muhim omil esa — AQShda yangi Tramp tariflari kuchga kirishidan oldin imkon qadar ko‘proq smartfon ishlab chiqarish va import qilish istagi bo‘lgan, deb yozmoqda Sammobile.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Top – 10 eng yaxshi smartfonlar haqida yozgan edik.