Gadjetlar

Eng ko‘p smartfon ishlab chiqargan kompaniya qaysi

Samsung 2025-yilning birinchi choragida 64 million smartfon ishlab chiqardi
Samsung
Eng ko‘p smartfon ishlab chiqargan kompaniya qaysi / Foto: Samsung

TrendForce tahlilchilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Samsung 2025-yilning birinchi choragida 64 mln dona smartfon ishlab chiqargan. Bu haqda Sammobile saytida ma’lum qilindi.

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21 foizga ko‘pdir. Eng qizig‘i, Top-5 smartfon ishlab chiqaruvchilari orasida faqat Samsung ishlab chiqarishni oshirishga muvaffaq bo‘lgan. Qolgan brendlar, xususan Apple, ishlab chiqarish hajmini sezilarli kamaytirgan.

Rasm ChatGPT yordamida yaratilgan / Manba: TrendForce

Apple ushbu chorakda 48 mln smartfon ishlab chiqargan – bu o‘tgan yilga nisbatan 40 foizga kam. Xiaomi’ning ishlab chiqarishi 7 foizga kamayib, 42 mln donani tashkil etdi. Oppo va Vivo esa mos ravishda 26 va 16 foizlik pasayishni boshdan kechirdi.

O‘rinBrendIshlab chiqarish (mln dona)Choraklar kesimida o‘zgarish (QoQ)Bozor ulushi (%)
1Samsung64+21%22%
2Apple48−40%17%
3Xiaomi42−7%14%
4Oppo27−26%9%
5Vivo24−16%8%
6Transsion22−20%7%
Manba: TrendForce

Samsung’ning ishlab chiqarish hajmini oshirishiga ikki sabab ko‘rsatilmoqda. Birinchisi — Galaxy S25 flagman liniyasining savdo boshlanishi uchun yetarli zaxiralarni ta’minlash. Shuningdek, yil boshida yangi avlod bukiladigan Galaxy Z Fold7, Z Flip7 va Flip7 FE smartfonlari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgani tufayli. Bu modellar ham ishlab chiqarish hajmining oshishiga sabab bo‘lgan.

Ikkinchi muhim omil esa — AQShda yangi Tramp tariflari kuchga kirishidan oldin imkon qadar ko‘proq smartfon ishlab chiqarish va import qilish istagi bo‘lgan, deb yozmoqda Sammobile.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Top – 10 eng yaxshi smartfonlar haqida yozgan edik.