Xavfsizlik

Eron hujumi pasaydi, G7 davlatlari Isroilni ochiqcha qo‘llab-quvvatlamoqda

Eron tomonidan 10 tadan kam raketa uchirilgan
Eron hujumi pasaydi, G7 davlatlari Isroilni ochiqcha qo‘llab-quvvatlamoqda / Foto: David Cohen/Flash90

Isroilning Eronga hujumi davom etmoqda. Ikki davlat qarama-qarshiligi mintaqada xavfni orttirmoqda. Eron-Isroil urushi jiddiy muammolarga sabab bo‘lishi mumkin, deya yozmoqda times of Israeel nashri.

G‘azo janubida IDF askari halok bo‘ldi, 10 kishi yaralandi

Foto: AFP

Kecha G‘azo sektorining janubida olib borilgan harbiy amaliyotlar vaqtida Isroil Mudofaa Kuchlari (IDF) askari halok bo‘ldi. Yana 10 nafar harbiy jarohat oldi. Halok bo‘lgan harbiy — 20 yoshli Staff-serjant Naveh Leshem bo‘lib, u G‘arbiy Sohildagi Nokdim posyolkasidan bo‘lgan. U Golani brigadasining 12-batalyonida xizmat qilgan.

U portlash oqibatida halok bo‘lgan, to‘rt nafar askar, jumladan bir ofitser og‘ir yaralangan. Yana uch kishi o‘rtacha, uch nafari esa yengil tan jarohati olgan.

G7 davlatlari Eron bo‘yicha «keskinlikni kamaytirishga» chaqirdi

Foto: AP

Kanadada bo‘lib o‘tayotgan G7 sammitida yetakchilar Eron atrofidagi vaziyat bo‘yicha umumiy bayonot bilan chiqish qildi. Unda Isroilning o‘zini himoya qilish huquqi borligi ta’kidlangan.

«Biz Isroil o‘zini himoya qilish huquqiga ega ekanini tan olamiz. Shu bilan birga, Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmasligi kerak», – deyiladi bayonotda.

Bayonotda, shuningdek, Eron bilan bog‘liq mojarolar Yaqin Sharqdagi umumiy keskinlikni kamaytirishga, jumladan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga olib kelishi kerakligi aytilgan.

Foto: SkySat

Fors ko‘rfazi yaqinida dengiz hodisasi ro‘y berdi

Buyuk Britaniyaning Ambrey xavfsizlik shirkati ma’lumotlariga ko‘ra, BAAga qarashli Xor Fakkan shahri yaqinida, Fors ko‘rfazi bo‘yidagi suv hududida noma’lum dengiz hodisasi yuz bergan.

Ammo keyinchalik Ambrey kompaniyasi ushbu hodisa xavfsizlikka aloqador emasligini ma’lum qildi. Bu voqea Isroil va Eron o‘rtasidagi keskinlik kuchaygan bir paytda sodir bo‘ldi. Ma’lumki, dunyo bo‘yicha iste’mol qilinadigan neftning qariyb 20 foizi aynan Fors ko‘rfazi orqali o‘tadi.

Eron tomonidan Isroilga kechasi kam sonli raketalar otildi

Foto: AP/Leo Correa

IDF ma’lumotiga ko‘ra, Eron tomonidan kechasi Isroilga 10 tadan kam ballistik raketalar uchirilgan. Uch hujum turli vaqt oralig‘ida – yarim tunda, soat 3:30 va 4:30 da amalga oshirilgan.

Ushbu hujumlarda shahar hududlariga tushgan zarba yoki jarohat olganlar haqida xabar berilmagan. So‘nggi kunlarda Eron tomondan ko‘plab raketalar uchirilayotgan edi, ammo bu kechasi ularning soni sezilarli darajada kamaydi.

Avvalroq, Eron-Isroil mojarosining beshinchi kun tafsilotlari haqida yozgan edik.