Infinix NOTE 50 smartfoni qanday imkoniyatlarni taqdim etadi

17-iyun 2025 16:49 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Infinix NOTE 50 smartfoni qanday imkoniyatlarni taqdim etadi / Foto: Xiaomiui

Infinix kompaniyasi yangi NOTE 50 smartfonlar seriyasini taqdim etdi. Ushbu modellar bir qator imkoniyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Bu haqda 3dnews xabar bermoqda.

Ushbu seriyaga uchta model kiradi: Infinix NOTE 50, NOTE 50 Pro va eng kuchli variant – NOTE 50 Pro+ 5G+. Ularning barchasi o‘zaro dizayn va ekran formati jihatidan o‘xshash bo‘lib, 6,78 dyuymli AMOLED displey, 5200 mA·soat sig‘imli akkumulyator va simsiz zaryadlash imkoniyati bilan jihozlangan.

Foto: Alkay

Asosiy va Pro modellari o‘xshash apparat platformasida – MediaTek Helio G100 Ultimate protsessorida ishlaydi. Pro versiyada 12 GBgacha operativ xotirali variant mavjud bo‘lib, u yana tezkor 90 Vattlik zaryadlash funksiyasi, yupqaroq korpusi va keng burchakli kamera moduli bilan farqlanadi. Oddiy NOTE 50 esa ikkinchi kamera modulida makrosuratlar uchun mo‘ljallangan.

NOTE 50 Pro+ 5G+ esa seriyadagi eng ilg‘or model hisoblanadi. U MediaTek Dimensity 8350 chipi, orqa tomoni shisha korpus, kuchli simli va simsiz zaryadlash imkoniyatlari bilan jihozlangan. Shuningdek, uchta orqa kamera hamda RGB yoritgichli Active Halo moduli ham mavjud. Ushbu yoritgich faqat dekor emas – u chaqiruv, o‘yinlar yoki xabarnomalar haqida signal beradi. Shuningdek, yurak urishi va qondagi kislorod darajasini o‘lchovchi sensorlarni ham o‘z ichiga oladi.

Foto: Observer voici

Infinix NOTE 50 Pro+ 5G+ smartfoni o‘zining kuchli texnik imkoniyatlari, zamonaviy dizayni va o‘yin brendi Honkai: Star Rail bilan hamkorlikda ishlab chiqilgani bilan ajralib turadi. Narxlar $254 (NOTE 50) dan boshlanadi, Pro modeli $318, eng yuqori model esa $540 ga baholangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Infinix kompaniyasi yangi Smart 10 va Smart 10 HD smartfonlarini taqdim etgani haqida yozgan edi. 

Shuningdek