Jonli efir paytida Eron davlat telekanali studiyasiga raketa tushdi — video

eʼlon qilindi
Zarba berilgan lahza telekanalning jonli efirida aks etdi
Eron davlat telekanali studiyasiga raketa tushdi. Foto: depositphotos.com

Isroil Mudofaa armiyasi Tehronda joylashgan Eron davlat telekanali IRIN tahririyati binosiga zarba berdi, deb xabar bermoqda BBC.

Mahalliy OAVlar yong‘in ichidagi bino ustidan qalin tutun ko‘tarilayotgan kadrlarni tarqatdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar bor.

Bino ustidan qalin tutun ko‘tarilayotgan kadrlar tarqaldi. Video: nournews.ir

Zarba berilgan lahza telekanalning jonli efirida aks etdi – studiyadan uzatma bo‘layotganida fon lavhasi o‘chdi, qog‘ozlar havoga uchdi, boshlovchi esa studiyani tark etdi. Oradan biroz vaqt o‘tib, kadrni kul bosdi va efir bir necha soniyaga uzilib qoldi.

Zarba berilgan lahza telekanalning jonli efirida aks etdi. Video: SHOT

Bunga qadar Isroil armiyasi rasmiy ogohlantirish berib, telekanal tahririyati joylashgan Tehron tumaniga zarba berilishini aytgan va tuman aholisini uni zudlik bilan tark etishga chaqirgan edi.

«Izvestiya» nashrining yozishicha, Eron Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning davlat televideniyesi binosiga berilgan zarbani jinoyat deb atagan va BMT Xavfsizlik Kengashini Isroil tajovuzini to‘xtatishga chaqirgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eron hujumi pasaygani, G7 davlatlari Isroilni ochiqcha qo‘llab-quvvatlayotgani haqida xabar bergandi.

Shuningdek