Ob-havo ma’lumotlarini Yagona portaldan olish imkoniyati yaratildi

eʼlon qilindi
Xizmat narxi ma’lumot turiga qarab belgilanadi
Endi jismoniy va yuridik shaxslar ob-havo ma’lumotlarini Yagona portaldan olishlari mumkin. Foto: Rawpixel / depositphotos.com

Endi jismoniy va yuridik shaxslar umumiy hamda ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik ma’lumotlarni onlayn tarzda olishlari mumkin. Buning uchun Yagona portaldan (my.gov.uz) foydalanish kerak.

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun ariza beruvchidan xizmat turini, kerakli hudud va tumanni, meteorologik ma’lumot turini hamda so‘ralayotgan davrini belgilash talab etiladi.

So‘ralgan ma’lumotlar 10 ish kuni ichida beriladi. Xizmat narxi so‘ralgan axborot turiga qarab belgilanadi.

Xizmatdan qanday foydalanish mumkin

Dastlab Yagona portaldagi shaxsiy sahifaga kirib, «Gidrometeorologik ma’lumotlarni berish» xizmatidan foydalanish tugmasi bosiladi.

Xizmatdan foydalanish ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda foydalanuvchi meteorologik yoki agrometeorologik ma’lumotdan qay birini olmoqchi ekanligini tanlashi kerak.

Keyingi qadamda arizachi haqidagi ma’lumotlarni kiritish so‘raladi. Bunda hudud, tuman, ma’lumot so‘ralayotgan manzil kiritiladi. Ma’lumot turi, boshlanish va tugash sanasi, davriyligi hamda olishdan maqsadni ham belgilash lozim.

Oxirgi bosqichda ariza qayta ko‘rib chiqilib, to‘lovga imtiyoz bor yoki yo‘qligi belgilanishi kerak.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Portal.infokredit.uz manzili orqali foydalaniladigan UCIN (Uzbekistan credit information network) portali – O‘zbekistonda kredit axborotlari almashinuvi bo‘yicha yagona elektron tizim ishga tushgani haqida yozgandi.

Uning asosiy maqsadi – banklar, mikromoliya tashkilotlari va boshqa moliyaviy institutlar o‘rtasida kredit ma’lumotlarini avtomatlashtirilgan shaklda almashish hamda foydalanuvchilarga o‘z kredit tarixini ko‘rish va nazorat qilish imkoniyatini yaratishdan iborat.

Shuningdek, avvalroq O‘zbekistonda «ERP madaniyat» yagona boshqaruv tizimi orqali yaratilayotgan platformada san’atkorlar xizmat narxlarini bilib olish mumkin bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek