Yangiliklar

OpenAI AQSh mudofaa sohasida $200 millionlik shartnomani qo‘lga kiritdi

OpenAI so‘nggi oylarda tez sur’atda o‘sib, haftasiga 500 mln faol foydalanuvchiga ega bo‘ldi
OpenAI AQSh mudofaa sohasida $200 millionlik shartnomani qo‘lga kiritdi / Foto: OpenAI

OpenAI kompaniyasi AQSh Mudofaa vazirligi bilan $200 mlnlik shartnoma imzoladi. Bu haqda Reuters axbirot agentligi ma’lum qildi.

Pentagonning bayonotiga ko‘ra, ushbu hamkorlik doirasida kompaniya ilg‘or sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqadi va ularni harbiy hamda boshqaruv yo‘nalishlarida qo‘llash uchun prototiplar yaratadi.

Loyihaning asosiy ishlari Vashington shahri va uning atrofida amalga oshiriladi hamda 2026-yil iyul oyida yakunlanishi kutilmoqda.

OpenAI so‘nggi oylarda tez sur’atda o‘sib, haftasiga 500 mln faol foydalanuvchiga ega bo‘ldi. Kompaniya yil oxirigacha daromadini $10 mlrdga yetkazishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OpenAI Google bulutli xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.