O‘zbekiston va xorijdagi isroilliklarga muhim tavsiyalar berildi

eʼlon qilindi
Toshkentdagi Isroil elchixonasi tomonidan
Toshkentdagi Isroil elchixonasi muhim tavsiyalar berdi. Foto: ecrow / depositphotos.com

Toshkentdagi Isroil elchixonasi O‘zbekiston va Tojikiston hududida hamda chet elda bo‘lib turgan isroilliklarga hozirgi xavfli vaziyatda amal qilinishi kerak bo‘lgan bir nechta muhim tavsiyalarni berdi. Bu haqda elchixona o‘zining rasmiy bayonoti orqali ma’lum qildi.

Chet eldagi isroilliklarga yahudiylik yoki Isroilga oid ramzlarni omma oldida namoyish etmaslik tavsiya etildi.

Shuningdek, ular ijtimoiy tarmoqlarda joylashuv va harakat rejalari haqida ma’lumot bermaslik hamda Isroil yoki yahudiylarga oid ommaviy tadbirlardan chetda bo‘lishga chaqirildi.

Fuqarolar mahalliy xavfsizlik xizmatlari ko‘rsatmalariga to‘liq amal qilishlari zarur. Ommaviy joylarda hushyorlikni oshirish, faqat ishonchli ilovalar orqali taksi chaqirish va notanish mashinalarga chiqmaslik tavsiya etiladi.

Favqulodda holat yuzaga kelganda, 1173 raqamiga yoki Isroil Tashqi ishlar vazirligining 02-5303155 raqamiga murojaat qilish lozim.

Favqulodda holatlar yuzaga kelganda, fuqarolar quyidagi raqamlarga 24 soat davomida murojaat qilishlari mumkin:

  • +998 93 172 58 00 — Liron Mizraxi Unger, elchi o‘rinbosari va konsul;
  • +998 90 054 81 39 — «Nativ» hukumat tashkilotining favqulodda markazi.

Avvalroq «Kursiv» Isroil va Eron hududida yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirilgani haqida yozgandi.

Isroilda yashayotgan fuqarolarimiz raketa hujumi vaqtida bombadan saqlanish joylariga darhol kirishlari kerak. Isroil hukumati va O‘zbekiston elchixonasi tomonidan berilgan rasmiy ogohlantirishlarga qat’iy amal qilish tavsiya etiladi.

Shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash uchun barcha choralarni ko‘rish muhimdir. Shuningdek, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va diplomatik vakolatxonalar bilan bog‘lanish ma’lumotlarini doimo olib yurish lozim.

Eron hududida yashayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan ham shunga o‘xshash ehtiyot choralariga rioya qilish so‘ralmoqda.

Shuningdek