O‘zbekistonliklar uchun ish tanlashda asosiy omillar nima

eʼlon qilindi
HeadHunter platformasi tahliliga ko‘ra
O‘zbekistonliklar ishga qanday munosabatda / Foto: Euronews

O‘zbekistonliklarning 58 foiz qismi ishda eng ko‘p daromad darajasini muhim deb hisoblaydi. HeadHunter platformasi bu borada so‘rovnoma o‘tkazdi.

Unga ko‘ra, 46 foiz ishtirokchi uchun qiziqarli vazifalar va rivojlanish imkoniyati, 43 foiz uchun esa jamoa va ish muhiti muhim omil hisoblanadi. Shu bilan birga, 12 foiz respondent o‘z ishidan umuman zavq olmayotganini bildirgan.

Ishdan norozilikka asosiy sabab past maosh bo‘lib, bu 50 foiz ishtirokchi tomonidan ko‘rsatilgan. Keyingi o‘rinlarda hissiy charchoq (33 foiz) va karyera o‘sishining yo‘qligi (30 foiz) turadi. Faqat 16 foiz respondent ishidan to‘liq mamnun ekanini bildirgan.

Ish joyini o‘zgartirmayotganlar orasida 42 foiz mos keladigan ish topa olmasligini, 38 foiz esa barqaror ish haqini asosiy sabab deb ko‘rsatgan. Shu bilan birga, 31 foiz ishtirokchi har qanday imkoniyatda ishini o‘zgartirishga tayyorligini bildirgan.

Hozirgi kunda odamlar uchun eng muhim ish omili barqarorlik bo‘lib, bu 61 foiz respondent tomonidan tanlangan. 44 foiz rivojlanish va o‘sishni, 39 foiz esa ishda qulaylik va hurmatni muhim deb biladi.

Yaqin yildagi shaxsiy maqsad sifatida 37 foiz ishtirokchi lavozimni ko‘tarish yoki o‘zgartirishni ko‘rsatgan. 33 foiz esa ruhiy barqarorlikni saqlab qolishni, 29 foiz esa ish joyini yoki sohani butunlay o‘zgartirishni istagan.

So‘rov natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘zbekistonliklar uchun ish nafaqat moliyaviy ta’minot, balki hurmat, rivojlanish va hayotdagi ma’no manbai sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IT’ning eng talabgor sohasi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek