
POCO brendining yangi flagman smartfoni — POCO F7 yaqinda taqdim etilishi kutilmoqda. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.
Yangilangan dizayn klassik qora va oq ranglardagi soddalikni o‘zida mujassam etgan bo‘lsa, maxsus versiya futuristik yondashuv bilan ajralib turadi. Unda orqa panel diagonal bo‘ylab ikki rangga bo‘lingan: yuqori qismi shaffof bo‘lib, ostida mikrosxemalar va Snapdragon chipseti ko‘rinishidagi bezak joylashgan; pastki qismi esa POCO logotipi tushirilgan kumush rangdagi xira sirt bilan qoplangan.



Foto: Poco
POCO F7’ning texnik xususiyatlari quyidagicha:
- Displey: 6,83 dyuymli AMOLED, 2772×1280 piksel, 120 Gs yangilanish chastotasi, 3200 nitgacha yorqinlik
- Chipset: Snapdragon 8s Gen 4, Adreno 825 grafik protsessori
- Kameralar: 50 MP asosiy kamera (Sony IMX882, f/1.5) + 8 MP keng burchakli modul; 20 MP old kamera
- Batareya: 6500 mA/soat sig‘imli, 90 Vt tez quvvatlanish bilan
- Dasturiy ta’minot: Android 15 asosidagi HyperOS 2
- Boshqa imkoniyatlar: IP68 standartidagi suv va changdan himoya, Wi-Fi 7, displey ostida barmoq izi skaneri
- Og‘irligi: 215 gramm

Smartfonning rasmiy taqdimoti sanasi hali oshkor qilinmagan.
Android 16 operatsion tizimining yakuniy versiyasi 2025-yil iyun oyida chiqarilishi kutilmoqda.
Yangilanish kutilayotgan Poco smartfonlari:
- Poco F7, F7 Pro, F7 Ultra
- Poco F6, F6 Pro
- Poco X7, X7 Pro, X6, X6 Pro
- Poco M7, M7 Pro, M6 (LTE/5G), M6 Plus, M6 Pro (LTE/5G)
- Poco C75, C71
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Android 16 oladigan Xiaomi, Redmi va Poco qurilmalari ro‘yxati e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.